Konstitutsiya bizning erkin va obod turmushimizning asosidir

Konstitutsiya bizning erkin va obod turmushimizning asosidir

    2019-yilning 6-dekabr sanasida “Byudjet hisobi va g‘aznachilik” fakulteti birinchi kurs BILM-01 va BHN-01 guruh talabalari, murabbiylar A.M.Aripova va D.R.Shaymardanovalar tashabbuslari ostida “Konstitutsiya bizning erkin va obod turmushimizning asosidir” mavzusida ochiq dars soatini tashkil qildilar.

 

    Dars davomida talabalar mavzuga doir tayyorlangan taqdimotni sharxlash, insert jadvalini to‘ldirish, insho yozish, vaziyatli masalalar va krossvordni yechish, shuningdek, Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tabriknomalar tayyorlash kabi ijodiy ishlar bilan band bo’ldilar.

 

 

16:55 / 2019-12-09
Success helper
Success warning